Reabilitatsiya markazida davolanayotgan bolalar xolidan xabar olindi
Bolalar bizning hayotimizning bezagi, kelajagimizning porloq egalari boʻlib, doimo bizning mehrimizga, eʼtiborimizga muhtojdir.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida davolanayotgan bolajonlarni bayram bilan qutlash maqsadida, ularning xolidan xabar olishdi.
Boshqarma boshligʻi bolajonlarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy qutlab, ularga bayram sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi. Markazda davolanayotgan xar bir bolaga olam-olam quvonch baxsh etgan mazkur tashrif, ularni yaxshi kunlar, sogʻlom va baxtli hayot kutib turganini anglatadi.