Yangiliklar

1 May 2024

XIZMAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PSIXOLOGIK METODLARNING AHAMIYATI

Barchamizga maʼlumki shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda psixologik bilimlarga ehtiyoj sezilarli darajada oshdi. Shu maqsadda kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Urganch tuman "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari uchun “Shaxslararo munosabatga kirishishning psixologik jihatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulklari daxlsizligini ishonchli taʼminlash uchun xodimlar belgilangan talablarga javob beradigan tarzda xizmat olib borishi zarur. Oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar esa xodimlarning ishchanlik xususiyatlarini shakllantirib, xizmat samaradorligini sifat jihatdan yuqori pogʻonaga koʻtarishga xizmat qiladi. Trening mashgʻulotlari davomida mutaxassislar tomonidan jamoaviylikni shakllantirish va jipslashtirishga qaratilgan oʻyinlar va mashqlarga alohida eʼtibor qaratildi.