Yangiliklar

10 Yanvar 2024

MARDLAR QOʻRIQLAYDI VATANNI!

Barchamizga maʼlumki, bu yil Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 32 yilligi respublikamiz boʻylab katta tantana bilan qarshi olinmoqda. Mazkur bayram arafasida Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator maʼdaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarning navbatdagisi Urganch shahridagi Mahmud Zamaxshariy nomidagi axborot-kutubxona markazida “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” mavzusida adabiy-badiiy kecha shaklida oʻtkazildi. Kutubxona maʼmuriyati, Urganch harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan mazkur tadbirda viloyat “Nuroniylar” jamgʻarmasi raisi, Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarma boshligʻi hamda professor oʻqituvchilar ishtirokida maʼruzalar qilindi. Tadbirning ikkinchi qismida xodimlar uchun musiqa maktab hamda akademik litsey oʻquvchilari ishtirokida konsert dasturi xam tashkil etildi.