MARDLAR QOʻRIQLAYDI VATANNI
Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Kosonsoy tumanida joylashgan “Sohil” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida dam oluvchi bolajonlar ishtirokida "Mardlar qoʻriqlaydi vatanni" shiori ostida vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir bolajonlar tomonidan tayyorlangan goʻzal raqs va kuy qoʻshiqlar bilan boshlangan boʻlsa, harbiy xizmatchilar va xodimlarning qoʻl jangi usullari namoyishi, harbiy qurol-aslaha va maxsus vositalar namoyishi, shaxmat va shashka, kamondan otish, arqon tortish boʻyicha musobaqalar bilan yanada qizgʻin tus oldi. Tadbir yakunida yuqori natijalar qayd etgan musobaqa ishtirokchilari, raqs va kuy qoʻshiqlar ijro etgan bolajonlar qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar bolajonlar qalbida harbiylik kasbiga muhabbat uygʻotish bilan birga sogʻlom turmush tarzi va sportga, shuningdek sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.