Yangiliklar

28 May 2025

Qoʻriqlash Departamenti xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlar oʻrtasida qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish maqsadida muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, mulkdorlarning shaxsiy va moddiy boyliklarini muhofaza qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan, qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanish nafaqat zarurat, balki hayotiy ehtiyojga aylanib boryapti.

Shundan kelib chiqib, IIB huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlar oʻrtasida qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish maqsadida muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.  

Jumladan, kuni kecha oʻtkazilgan profilaktik va targʻibot-tashviqot tadbirlari doirasida tadbirkorlik subʼektlari bilan uchrashishib, xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mulkiy jinoyatlarga chek qoʻyish, fuqarolarning mulklarini muhofaza qilish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xonadon hamda savdo obʼektlarga “Tashvish tugmachalari” oʻrnatish hamda qoʻriqlovga olish tartibi, Qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari, tezkor harakatlanuvchi guruhlar faoliyati va signalizatsiya vositalarining ishlash tartibi malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirildi.

Tadbir yakunida oʻz uylarni va savdo obʼektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.

Bu kabi targʻibot va tashviqot ishlari joylarda davom ettirilmoqda.