Qoʻriqlash boshqarmasiga tanlov asosida qabul qilingan nomzodlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi
Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan xizmatga yangi qabul qilingan nomzodlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda masʼul xodimlar tomonidan korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga bolta uradigan, har qanday tuzilmani halokatga olib keluvchi jirkanch illat ekanligi, ayni paytda bu illatga qarshi yurtimizda bir qator huquqni muhofaza qiluvchi organlar birgalikda kurash olib borayotganligi, korrupsiya koʻrinishi soʻngi paytlarda koʻplab sohalarga kirib kelishi natijasida fuqarolarda koʻplab norozilik holatlarini keltirib chiqayotganligi, shu sababli nomzodlarning ota-onalariga farzandlarini ishga kiritib qoʻyaman deb aldanib qolmasliklari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.
Bundan tashqari xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritilib, har bir xodim xizmat formasini qadriga yetishi kerakligi, jamiyatda yurish-turish madaniyatiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi, xizmat qonunchiligiga rioya qilish, lavozim, mansab vakolatidan chetga chiqmaslik lozimligini aytib oʻtildi.