Respublika harbiy prokuraturasi hamda Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida Nurafshon shahrida joylashgan Yoshlar markazida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi
Respublika harbiy prokuraturasi hamda Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahrida joylashgan Yoshlar markazida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Unda 2023-2024-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtab kelgan yoshlarni muammolarini oʻrganish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida sayyor qabul va boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Qabulda ishtirok etgan yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga masʼullardan javob olishdi. Xususan, mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashish, zamonaviy kasb-hunar egallash hamda oliy oʻquv yurtlarida bilim olish boʻyicha kerakli tavsiya va takliflar berilib, bir nechta murojaatlar joyida hal etildi.