Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida “Kuch ishlatar tuzulmalar harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan nostandart vaziyatda, qonun doirasida harakatlari yuzasidan oʻqitishning yangi mexanizmlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkillashtirildi.
Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida “Kuch ishlatar tuzulmalar harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan nostandart vaziyatda, qonun doirasida harakatlari yuzasidan oʻqitishning yangi mexanizmlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkillashtirildi.
Mazkur anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, IIV malaka oshirish instituti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti kabi oliygohlardan professor-oʻqituvchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi.
Respublika ilmiy-amaliy anjumanida Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi boshligʻi polkovnik D.F.Giyasov soʻzga chiqib, mazkur konferensiya mavzusi dolzarb mavzulardan biri boʻlib turganligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday hatti-harakatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan qonun doirasidan chetlashishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha, oʻqitishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, tinglovchilarga samarali nazariy hamda amaliy bilimlar berish bosh maqsad ekanligini taʼkidlab oʻtib konferensiyani ochib berdi. Undan soʻng, konferensiya ishtirokchilari “Kuch ishlatar tuzulmalar harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan nostandart vaziyatda, qonun doirasida harakatlari yuzasidan oʻqitishning yangi mexanizmlari” mavzusiga oid maʼruzalari tinglandi.
Bahs va munozaralarga boy oʻtgan anjuman yakunida faol ishtirokchilarga mintaqaviy oʻquv markazi tomonidan faxriy yorliqlar va sovgʻalar topshirildi.