RESPUBLIKAMIZDA "YANGI OʻZBEKISTONNING IBRATLI HARBIYLAR OILASI" KOʻRIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHLARI BOʻLIB OʻTDI
Shaxsiy tarkib va ularning oila aʼzolari ongida tariximiz, milliy anʼanalarimiz va urf odatlarimizga chuqur hurmat va ehtiromni yuksaltirish, ijodiy tashabbuskorliklarini shakllantirib, ular orasida sogʻlom raqobat muhitini qaror toptirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda oila institutini mustahkamlash maqsadida, Milliy gvardiya Buxoro hamda Samarqand viloyatlari boʻyicha boshqarmalari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmalari harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida "Ibratli harbiylar oilasi" koʻrik-tanlovining viloyat bosqichlari boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli tarzda oʻtkazilgan mazkur tadbirlarda bugungi kundalik hayotda uchraydigan zamon illatlari, sharqona odob, qadriyatlarni namoyish etishga qaratilgan turli shartlardan oʻzlarining zukkoliklari bilan jamoalar 3 shart, yaʼni tanishtiruv, sahna koʻrinishi, milliy anʼanalar va urf-odatlarni koʻrgazmali namoyish etish boʻyicha oʻzaro bahs olib borishdi.
Teng kurashlar ostida oʻtgan koʻrik-tanlovlar yakunida gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Gʻoliblikni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.