Respublika ishchi guruh tomonidan mahallalarda, shuningdek ularga tutash hududlardagi bozorlar va xizmat koʻrsatish obʼektlarida targʻibot tashviqot ishlari tashkil etilmoqda
Namangan shahrida mahallalarni tinch va osuda maskanga aylantirish, koʻchalarni xavfsiz etish maqsadida Respublika ishchi guruh tomonidan mahallalarda, shuningdek ularga tutash hududlardagi bozorlar va xizmat koʻrsatish obʼektlarida targʻibot tashviqot ishlari tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlarda fuqarolarga qoʻriqlash xizmatlarining turlari, zamonaviy qoʻriqlashning texnik vositalari, videokuzatuv kameralarining natijadorligi hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning imkoniyatlari tushuntirildi. Shuningdek, Qoʻriqlash Departamenti tomonidan taklif etilayotgan “aqilli uy” loyihasi xususida maʼlumotlar berilib, jamoatchilikning fikr mulohazalari tinglandi.
Mahallalardagi mavjud koʻchalar va yoʻlaklarni namunali va xavfsiz etish borasida rejalar belgilanib amaliy ishlar tashkil etildi.
Jamoatchilik tashabbusi bilan koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga tashvish tugmalari oʻrnatilib, koʻcha va yoʻlaklar kuzatuv kameralari bilan jihozlandi. Mavjudlariga texnik xizmat koʻrsatildi.
Shuningdek, mahallalar va unga tutash hududlardagi obʼektlar, bozorlar va savdo markazlarida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida qoʻriqlashning texnik vositalari bilan jihozlandi. Bu orqali hududni onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyati yaratildi va kechayu kunduz xavfsizligi taʼminlanmoqda.
Koʻp qavatli uylar, xonadonlar hamda turli maishiy va savdo obʼektlarida oʻrnatilayotgan signalizatsiya hamda videokuzatuv vositalari Ichki ishlar organlarining monitoring markazlaiga integratsiya qilinib, doimiy nazorat qilinmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda tinchlik va xavfsizlik borasidagi amaliy ishlar fuqarolar xotirjamligi hamda hududar xavfsizligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Ishchi guruhning Namangan shahridagi amaliy ishlari davom etmoqda.