RESPUBLIKA BO‘YLAB IDORAVIY QO‘RIQLASH BO‘LINMALARIDAGI XODIMLAR BILAN QONUNCHILIKDAGI O‘ZGARTIRISHLAR HAMDA TEGISHLI QARORLAR MAZMUN- MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI
O‘tkazilgan tadbirlar davomida Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax, Andijon va Navoiy viloyatlari "Qo‘riqlash" boshqarmalari xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ullari, joylardagi maktablar rahbarlari, hokimiyat vakillari hamda idoraviy qorovullik bo‘linmalari qorovullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga joylardagi faoliyat olib borayotgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlashga mas’ul idoraviy qorovullik bo‘linmalari xodimlarini turli shaxslarni o‘zboshimchalik bilan korxona mulkini oz miqdorda talon taroj qilinishning oldini olish bo‘yicha tushuntirish olib borildi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida olib borilib, ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Faoliyat davomida ko‘plab duch kelayotgan muammolarni o‘rtaga tashlanib yechimlari bo‘yicha atroflicha muhokama qilindi. Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.