Yangiliklar

9 Oktyabr 2023

HUDUDLARDA TARGʻIBOT-OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati hamda Milliy gvardiya harbiy qism harbiy xizmatchilari, FVV, IIV xodimlar va bozor masʼullari ishtirokida Fargʻona shahrida joylashgan dehqon bozorida targʻibot-oʻrganish ishlari olib borildi.

Dastlab, bozor maʼmuriyati va bozor hududida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning jamoat tartibini saqlash, oʻgʻirlik, tartibsizlik va kelib chiqishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirgan ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, bozor hududini yoʻnalishli patrul va savdo obyektlarini shartnoma asosida signalizatsiyalari orqali qoʻriqlanishi boʻyicha muzokaralar olib bordilar.

Shundan soʻng masʼullar bozor hududini koʻzdan kechirib, tadbirkor va xaridorlar bilan suhbatlashdi hamda "Qoʻriqlash" xizmatlari va afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
Bundan tashqari, bozor hududining har bir kirish va chiqish eshiklariga monitor qoʻyilishi unga yuzdan tanib olish videokuzatuv kameralari oʻrnatilib, ishchi holatga keltirilishi toʻgʻridan-toʻgʻri uzatib koʻrsatilishini taʼminlash hamda bozor hududiga zamonaviy kameralarni koʻpaytirish boʻyicha amaliy ishlar olib borildi.

Close menu