Muntazam ravishda profilaktik tadbirlar oʻtkazilib borilmoqda
Milliy gvardiya Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat Harbiy prokuraturasi masʼullari hamkorligida shaxsiy tarkib ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar oʻtkazilib borilmoqda.
Bu kabi navbatdagi tadbirda soʻzga chiqqanlar, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarini oldini olish, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, xodimlarning fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlishlari, tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyani oldini olish, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan va aniq fikrlar aytildi.
Uchrashuv soʻngida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil maʼlumotlar oldilar.