KITOB MUTOLAASI ORQALI XODIMLARNING DUNYOQARASHI YUKSALTIRILMOQDA
Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Jizzax Mintaqaviy oʻquv markazi bilan hamkorlikda xodimlar va tinglovchilarning kitobga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, shuningdek tarixga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot resurs markazi va Zomin tuman tarixiy muzeyiga sayohat uyushtirildi. Dastlab xodimlar va tinglovchilar yoqtirgan adabiyotlarni mutolaa qildilar, shundan soʻng yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Kunning ikkinchi qismida tuman markazida joylashgan tarixiy muzeyga tashrif buyurib, u yerda viloyatning tarixi, aholining turmush-tarzi gavdalangan eksponatlar va fotosuratlar bilan tanishdilar. Oʻylaymizki, xodimlar shu kuni olgan bilimlarini kelgusida shogirdlar va farzandlarini komil inson sifatida voyaga yetkazishlarida dasturli amal boʻlib xizmat qiladi.