Yangiliklar

11 Noyabr 2025

Tibbiyot soha xodimlariga ehtirom koʻrsatildi

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida boshqarmada xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari eʼtirof etilib, ularga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, mazkur sana munosabati bilan Toshkent shahar IIBB tibbiyot boʻlimiga hamda bir qator tibbiyot muassasalariga tashriflar buyurilib, soha vakillari bayram bilan tabriklandi. Shifokorlar, hamshiralar va tibbiyot sohasining fidoyi mutaxassislari kundalik mehnati, masʼuliyati hamda jamiyat salomatligini saqlash yoʻlida koʻrsatayotgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bilan qadrlanishdi.

Tashrif davomida tibbiyot xodimlarining ogʻir, masʼuliyatli hamda uzluksiz mehnati alohida eʼtirof etildi. Ularning oʻz vazifalarini sharaf bilan bajarib kelayotgani, inson hayoti va sogʻligʻi uchun olib borayotgan fidokorona xizmatlari taʼkidlab oʻtildi va tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi..

Bunday tadbirlar tibbiyot sohasida xizmat qilayotgan xodimlarga koʻrsatilayotgan hurmat, eʼtibor va munosib qadriyatning amaliy ifodasidir.