Mirobod tumanida raqamli xavfsiz muhitni yaratish, ijtimoiy, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, shuningdek taʼlim muassasalarida xavfsizlik tizimini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Qoʻriqlash departamenti boshchiligidagi ishchi guruh ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Jumladan, departament boshligʻi polkovnik Q.A.Shodibekov boshchiligida Temiryoʻlchilar va Tolariq mahallalari hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tahlili qilindi. Hududlarda integrallashtirilgan shaxslarni yuzidan tanivchi va avtotransport vositalari davlat raqamlarini aniqlovchi videokuzatuv kameralarini oʻrnatish, uylarning kirish yoʻlaklariga tashvish tugmalari oʻrnatish va bu orqali aholining xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishlari belgilab berildi.
Bundan tashqari, probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan muloqot tashkil etilib, muammolari tinglandi. Chet tillari va sunʼiy intellekt tizimlarida oʻqish istagini bildirgan fuqarolar yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim maskanlariga joylashtirildi.
175, 158, 83 umumtaʼlim maktablari, Transport texnikumi va uning turarjoy yotoqxonasida oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlash tizimi, favqulodda holatlarda evakuatsiya rejalari oʻrganildi. Tashvish xabarlari boʻyicha tezkor harakatlanuvchi guruhlarning sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikdagi harakatlari sinovdan oʻtkazildi.
"Magnit" savdo markazi va unga tutash bozor hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi amaliy ishlar oʻrganildi. Maʼmuriyat bilan raqamli texnologiyalar orqali tashrif buyuruvchilarni nazorat qilish va bu orqali oʻgʻirlik jinoyatlari va huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari tushuntirildi.
Qoʻriqlash departamenti boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruhning tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.