Yangiliklar

13 Mart 2024

"Qoʻriqlash" xizmati xodimlari tomonidan taʼlim muassasasi hududida janjalning oldi olindi

Joriy yilning 13 mart kuni soat 12:33 da Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasiga Boʻka tumanida joylashgan 4-sonli umumtaʼlim maktabidan yangi tizimda xizmat olib borayotgan qorovul xodimi tomonidan “tashvish” xabari tushgan. Tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari “tashvish” xabari asosida voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, taʼlim muassasasi hududida shu maktabning 11 "G" sinf oʻquvchilari S.J., B.A., T.D. hamda Boʻka tumanidagi 2 umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11 "B" sinf oʻquvchilari I.M., O.X. va M.J. oʻzaro janjallashgani aniqlangan hamda janjalni bartaraf etib, oʻquvchilarni IIB profilaktika inspektoriga topshirgan.
Profilaktika inspektori tomonidan OʻzR MJtKning 47-moddasi boʻyicha chora koʻrish maqsadida oʻquvchilarning ota-onasi maktabga chaqirtirilgan.