Yangiliklar

26 Mart 2023

"QO‘RIQLASH" XIZMATI TURLARI – XAVFSIZ HAYOT KAFOLATI

Nukus shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan "Qo‘riqlash" xizmati afzalliklarini fuqarolar orasida tushuntirish maqsadida shahar hududidagi “Qutli makon” va “Omanlik go‘zari” MFYlarida profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir jarayonida xodimlar tomonidan fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlashda zamonaviy qo‘riqlash signalizasiya uskunalaridan foydalanish – bu birinchi navbatda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilganligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan tadbir mobaynida fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarining xonadonlari hamda xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining xavfsizligi uchun "Qo‘riqlash" xizmati afzalliklarining zarur ahamiyatga ega ekanligini tushunib, ulardan foydalanishlari bo‘yicha takliflarini bildirdi.