"QO‘RIQLASH" XIZMATI TЕXNIK VOSITALARINING NAMOYISHI BO‘LIB O‘TDI
Samarqand shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari tomonidan “Makon mall” savdo markazidagi tadbirkorlar orasida mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olish hamda xizmat afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Tadbirkorlarning mol-mulklarining ishonchli qo‘riqlovini ta’minlash maqsadida o‘z do‘konlarini "Qo‘riqlash" xizmatiga topshirish tartiblari, hujjatlarni rasmiylashtirish va oylik to‘lovlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bugungi kunda 50 mingdan ortiq turli obyektlarning ishonchli himoyasini ta’minlab kelayotgan "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi tomonidan mol-mulkka qasddan zarar yetkazish, turli obyektlarda ayniqsa savdo markazlari hamda tijorat do‘konlaridagi huquqbuzarliklarni oldini olishda qo‘l kelayotgan zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari haqida tushunchalar ham berib o‘tildi.