Yangiliklar

30 Oktyabr 2025

Qoʻriqlash departamentining hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan IIB vakillari bilan hamkorlikda "Obod va xavfsiz mahalla" tashabbusi doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Qoʻriqlash departamentining hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan IIB vakillari bilan hamkorlikda "Obod va xavfsiz mahalla" tashabbusi doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Jumladan, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida Toshkent, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga Qoʻriqlash xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.

Oʻz obyekti yoki xonadonini Qoʻriqlash xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oshlik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlar belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.