Yangiliklar

5 Dekabr 2025

Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan Navoiy viloyatida Qoʻriqlash faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etish, qoʻriqdagi obyektlarda xizmat sifatini yaxshilash hamda qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari oʻrganildi

Qoʻriqlash xizmatini takomillashtirish, qoʻriqlanayotgan obyektlar xavfsizligini taʼminlash bugunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Ayni shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti boshligʻining oʻrinbosari polkovnik B.Jumayev Navoiy viloyatida postlarning qish mavsumida tayyorligini tekshiruvdan oʻtkazdi. Oʻrganish davomida isitish uskunalarining holati, past harorat sharoitida xizmatni olib borish uchun sharoitlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish algoritmlari baholandi.

Shundan soʻng tungi xizmatga tushgan xodimlarning xizmat faoliyati tekshirildi. Xodimlarga tegishli yoʻriqnomalar berilib, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishlari tayinlandi. Tekshiruv davomida tezkor harakatlanuvchi guruhlar hamda patrullik yoʻnalishidagi naryadlar xizmatlari tekshirilib, ularga xizmat qilish uchun yaratilgan shart sharoitlar oʻrganildi hamda Qoʻriqlash xizmatini samaradorligini oshirish uchun ilgari surilgan takliflar tinglandi.