"QOʻRIQLASH" BOSHQARMASIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI BOʻLIB OʻTDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Unda Termiz davlat universiteti talabalari ishtirok etib, boshqarmada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, sharafli va mashaqqatli kasb egalarining faoliyati va tajribalari toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻldilar. Soha mutaxassislari tomonidan "Qoʻriqlash" xizmatining maqsad hamda vazifalari, xizmat koʻrsatish turlari, qoʻriqlovda ishlatilayotgan zamonaviy signalizatsiya vositalari xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, xodimlarning xizmatda foydalanib kelinayotgan moto- va avtotransport vositalari hamda maxsus himoya jihozlari koʻrsatilib, ularning vazifalari yaqindan tanishtirildi.