QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH BORASIDAGI NAVBATDAGI UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi hamda viloyat Adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Andijon viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
So‘z olganlar qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishilar, yangi tahrirda qabul qilingan va qo‘shimchalar kiritilgan qonunlarning mazmun-mohiyati hamda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish tartiblari to‘g‘risida shaxsiy tarkibga ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida xodimlarni o‘ylantirayotgan turli muammolar, ularning yaqinlari va oila a’zolarini salomatliklarini tiklashlari, ishga joylashish kabi muhim jihatlar ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Xizmat davomida uchrab turadigan ba’zi muammoli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish, fuqaro bilan odob-axloq qoidalardan chetga chiqmagan holatda muomala qilib, xodim o‘z vakolat doirasida turli ma’muriy bayonnomalarni aniq va to‘g‘ri rasmiylashtirish usullari haqida ham ochiq muloqotlarda fikr almashildi.