Yangiliklar

13 Mart 2024

QUSH UYASIDA KOʻRGANINI QILADI

Joriy yilning 12 mart kuni Chilonzor tumanida joylashgan
200-maktab direktori va inspektor-psixologi tomonidan maktab oʻquvchilari tahlil qilinib, surunkali ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi boʻlmagan oʻquvchilardan birining otasi fuqaro M.E. suhbatga chaqirtirilgan.
Suhbat mobaynida maktab direktori va inspektor-psixolog, fuqaro M.E.ga farzandining darsga kelmayotganining sabablarini soʻrab, darsda oʻzini tutishi ham oʻzgarib qolganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilib birgalikda shugʻullanish zarurligi tushuntirilgan. Fuqaro M.E esa oʻgʻlining hatti-harakatlaridan jahli chiqib, maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda ishlash oʻrniga aksincha ularga aybni agʻdarib, janjal koʻtargan.
“Tashvish” xabari orqali soat 10.17 lar chamasi yetib kelgan "Qoʻriqlash" boʻlimi tezkor harakatlanuvchi guruhi tomonidan fuqaro M.E. ni tuman IIBga olib borilgan va unga nisbatan OʻzR MJtKning 47-moddasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.