MUDDATLI HARBIY XIZMATCHILAR ISHTIROKIDA PSIXOLOGIK MASHGʻULOT TASHKILLASHTIRILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida psixologik mashgʻulot oʻtkazildi.
Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida tashkil etilgan ushbu mashgʻulot mashgʻulot davomida muddatli harbiy xizmatchilarning tafakkur jarayoni psixodiagnostikadan oʻtkazilib, ular bilan tafakkur mashqlari va qiziqarli psixologik oʻyinlar tashkil etildi. Shu bilan birga jamoat tartibini saqlash xizmatiga jalb qilinayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning jinoyat qilishga moyillarni aniqlashda profayling texnologiyasidan foydalanishi boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.
Mashgʻulot yakunida muddatli harbiy xizmatchilar psixologik mashgʻulotlar davomida maroqli dam olish imkoniyatiga ega boʻlganligi va jamoat tartibini saqlash davomida qoʻllash mumkin boʻlgan tavsiyalar bilan tanishganligi uchun minnatdorchilik bildirib oʻtdi.