Yangiliklar

15 Sentyabr 2025

Psixologik trening mashgʻuloti oʻtkazildi

Qoʻriqlash xizmati xodimlarining xizmat davomida doimiy ruhiy tetik va jangovar shay holatda boʻlishini taʼminlashda, mutaxassislar tomonidan jangovar va psixologik mashgʻulotlari oʻtkazib kelinadi.

Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining psixologik taʼminlash boʻlimi mutaxassislari tomonidan Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimida oʻtkazilgan navbatdagi trening mashgʻulotlari xodimlarning ruhiy jihatdan salomatligi va ish faoliyati uchun ancha manfaatli boʻldi.

Xodimlarning ruhiy holatini barqarorlashtirishga qaratilgan psixologik trening mashgʻuloti davomida mutaxassislar xodimlarga kattalarda uchraydigan zararli odatlarga va uning profilaktikasi masalalariga alohida toʻxtalib, ijtimoiy-psixologik trening toʻgʻrisida nazariy maʼlumotlar va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish tartibi hamda amaliyotda qoʻllashga yordam beruvchi uslubiy materiallar, orqali tavsiyalar berdi.

Bu kabi psixologik trening mashgʻulotlari xodimlarning ruhiy holatini yaxshilash, irodasini mustahkamlash, kasbiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishda muhim oʻrin tutadi.