PSIXOKORRЕKSION TRЕNING O‘TKAZILDI
Milliy gvardiya Toshkent viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan Bekobod shaharlararo "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari uchun psixologik treninglar o‘tkazildi.
Ushbu treningda asosiy e’tibor xodimlarning eslab qolish qobiliyatlarini mustahkamlash, oson va samarali muomalaga kirish usullari, shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, hamda ulardagi turli ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishga qaratildi.
Shuningdek yosh xodimlar uchun kasb etikasi va odob-axloq qoidalari, nazorat o‘tkazish postlarida fuqarolar bilan muomala qilish usullari haqida ham so‘z bordi.