PSIXOLOGIK TRЕNINGLAR RUHIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLANMOQDA
Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mutaxassis psixologlari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni psixologik holatlarini mustahkamlash, xizmat faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida trening o‘tkazildi.
Jumladan, Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bilan davra suhbati va psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etilib, tinchlik posbonlarining ruhiy barqarorligi mustahkamlandi.
Trening jarayonida mutaxassislar tomonidan interaktiv mashg‘ulotlar olib borilib, insonlarda duch kelish mumkin bo‘lgan salbiy va ijobiy holatlar dinamikasi, qanday qilib ijobiy mukammallikka erishish sirlari to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu uchrashuv orqali o‘zlariga kerak bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.