Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida “Ruhiy zoʻriqishlardan xalos boʻlish va psixologik muvozanatni tiklash” mavzusida amaliy trening oʻtkazildi.
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida “Ruhiy zoʻriqishlardan xalos boʻlish va psixologik muvozanatni tiklash” mavzusida amaliy trening oʻtkazildi.
Treningdan koʻzlangan asosiy maqsad — xizmat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan stress holatlarini yengib oʻtish, ruhiy barqarorlikni saqlash, xodimlarning ichki resurslarini toʻgʻri yoʻnaltirish va sogʻlom psixologik muhitni shakllantirishdan iboratdir.
Mashgʻulotlar jarayonida ishtirokchilar turli psixologik testlar, amaliy mashqlar va interaktiv oʻyinlarda faol qatnashib, ruhiy zoʻriqishlarni kamaytirish va ichki muvozanatni tiklash usullari bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday treninglar shaxsiy tarkibning xizmat samaradorligini oshirish, sogʻlom ruhiyatni taʼminlash va ularda xizmat burchini ado etishda yuqori ruhiy tayyorgarlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.