Yangiliklar

16 Yanvar 2025

Harbiy-vatanparvarlik, koʻngilochar va sport tadbirlari, uch avlod uchrashuvlari tashkil etilmoqda

Shu kunlarda respublikamiz boʻylab "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari xodimlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, oʻquvchi yoshlarning harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli bilan oʻtkazish maqsadida harbiy-vatanparvarlik, koʻngilochar va sport tadbirlari, uch avlod uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi hamda Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktablarida, Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida va Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida "Vatanga xizmat – oliy fazilat" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvlari" oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlarda hududiy "Qoʻriqlash" boshqarmalari masʼullari, Milliy gvardiya, Harbiy prokuratura va Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashlari aʼzolari, ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni H.Doʻsmatov, harbiy xizmatchi va xodimlar, talabalar va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Yigʻilganlar yoshlarga xizmat faoliyati davomida duch kelgan qiziqarli voqealar hamda harbiylikning mashaqqatli mehnatlari haqida soʻzlab berishdi. Shuningdek, soʻz olganlar oʻgʻil-qizlarga "Qoʻriqlash" xodimlarining xizmat faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berdilar. Tadbirda faxriylarning boy hayotiy va kasbiy tajribalari bilan hozirda Milliy gvardiya tizimlarida oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan yosh avlod vakillarini tanishtirish ularda shukronalik va vatanparvarlik tuygʻusini uygʻotish maqsad qilib olindi.
Shuningdek, tadbir jarayonida maktab oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar.

Close menu