Yangiliklar

23 Iyul 2024

“Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida hamkorlikdagi harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlari oʻtkazilmoqda

Bugungi kunda yosh avlodga juda katta imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, ularni harbiy-vatanparvarlik hissida ulgʻayishlari uchun yangi tizim yaratilgan.

Xususan, kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Andijon viloyatidagi barcha oromgohlarda harbiy-vatanparvarlik, koʻngilochar va sport tadbirlari oʻtkazildi.

Boʻlib oʻtgan tadbirda oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan bir qator sport musobaqalari, kamondan oʻq otish, boks, stol tennisi, shaxmat-shashka, quvnoq estafeta kabi sport musobaqalari boʻlib oʻtib, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etildi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.