Huquqbuzarliklarning oldini olish va texnik qoʻriqlash vositalarini targʻib etishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda
Respublikamiz boʻylab huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xonadonlari hamda tijorat obyektlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek “qizil” toifadagi mahallalarda aholi xavfsizligi va farovonligini taʼminlash borasida Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu kabi navbatdagi targʻibot va tashviqot tadbirlari jarayonida fuqarolarga va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarga Qoʻriqlash xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbirlar davomida soha mutaxassislari tomonidan zamonaviy texnik qoʻriqlash vositalar va ularni oʻrnatish tartibi, funksional xususiyatlari hamda xavfsizlikni taʼminlashdagi ahamiyati yuzasidan fuqarolarga keng qamrovli tavsiyalar va amaliy koʻrsatmalar berildi. Yakunda esa xonadon va tadbirkorlik obyektlarini Qoʻriqlash xizmatiga topshirish istagini bildirgan fuqarolar xonadonlari qoʻriqlovga olindi.
Profilaktik yoʻnalishda tashkil etilgan mazkur tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi belgilangan.