Yangiliklar

8 May 2025

Xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida madaniy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

Oila – haqiqiy baxt va halovat qoʻrgʻonidir. Kuni kecha Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan Madaniyat va maʼrifat markazi saroyida viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari, ishchi-xizmatchilari va ularning oila aʼzolari, shuningdek maktab oʻquvchilari uchun konsert dasturi tashkil etildi.
Qoʻriqlash Departamenti ansambli xonandalari tomonidan ishtirokchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilgan ushbu konsert dasturi barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashib va yoshu keksaga birdek manzur boʻlib, xonandalar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy qoʻshiqlar, har xil qiziqarli chiqishlar ularning madaniy hordik olishida samarali ahamiyat kasb etdi.