Mintaqaviy oʻquv markazlari tinglovchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy bilimlarini mustahkamlash va oʻzbek adabiyotiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida muzeylarga sayohatlar tashkil etilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida tahsil olayotgan tinglovchilarni oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida Margʻilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomli muzeyga sayohat uyushtirildi.
Muzeyning 3ta boʻlimida saqlanayotgan Erkin Vohidovning hayoti va ijodi, tugʻilgan joyi, bolalik va oʻqish davri, shoir va yozuvchi boʻlgan ilk ijodiy ishlari, davlat va jamoat faoliyatidagi yutuqlari aks ettirilgan eksponatlar tinglovchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi sayohatlar davomida xodimlar yurtimiz tarixini yanada chuqurroq oʻrganishlariga, tariximiz naqadar oʻzoq oʻtmishga borib taqalashini anglashlariga koʻmaklashishi bilan ahamiyatlidir.