Yangiliklar

22 Iyun 2025

Qoʻriqlash xizmati afzalliklari targʻib qilindi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Qoʻrgʻontepa tumani markazida joylashgan dehqon bozor hamda "Kamolat" savdo kompleksi hududida tadbirkorlar ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbir davomida bozorda faoliyat yuritayotgan savdogar va tadbirkorlarga Qoʻriqlash xizmatining ahamiyati, uning mol-mulk daxlsizligini taʼminlashdagi roli haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qoʻriqlash vositalari, signalizatsiya tizimlari va ularning samaradorligi haqida amaliy koʻrsatmalar namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari xizmat koʻrsatish tartibi va arzon tariflari bilan yaqindan tanishdilar. Targʻibot jarayonida ushbu xizmatdan foydalanish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari ham oʻsha joyning oʻzida qabul qilindi.