Yangiliklar

28 Iyul 2024

“Xodimlarning favqulodda holatlarda harakatlanishi boʻyicha amaliy koʻnikmalarini shakllantirish” mavzusida amaliy-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlari shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlab kelayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasini oshirishda eng muhim, tayanch taʼlim muassasasi boʻlib kelmoqda.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida hududiy FVV boʻlimlari bilan hamkorlikda “Xodimlarning favqulodda holatlarda harakatlanishi boʻyicha amaliy koʻnikmalarini shakllantirish” mavzusida shaxsiy tarkibning hayotini va sogʻligini asrash, favqulodda holatlarda harakatlanish, is gazidan zaharlanishlarini oldini olish maqsadida amaliy-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tadbirda maxsus yongʻin oʻchirish ekipaji oʻzlarining maxsus vositalari bilan yongʻinda bajarilishi zarur boʻlgan birinchi amaliy mashgʻulotlarini tinglovchilarga tushuntirib oʻtdilar.
Shundan soʻng maxsus texnikalarda bino va inshootlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish, ularni bartaraf etishda xodimlarning harakatlanish usullari, evakuatsiya vaqtida jabrlanuvchilarni toʻgʻri, xavfsiz hududlarga koʻchirish tartiblari haqida maʼlumotlar berildi.