Xizmat intizomini mustahkamlash va huquq-tartibot buzilishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi
Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash va qonunbuzarliklarga murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Qoʻriqlash Departamenti mutasaddilarining shaxsiy tarkib orasidagi salbiy holatlarning oldini olish, korrupsiya va firibgarlikka qarshi kurashish boʻyicha fikrlari eshitildi. Ishtirokchilar joriy yilda aniqlangan tartibbuzarliklar va koʻrilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi. Bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik, belgilangan xizmat tartibiga rioya etish zarurligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida xodimlarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishni taʼminlash, beparvolik muhitiga barham berish, tarbiyaviy ishlar koʻlamini kengaytirish yuzasidan masʼul ofitserlarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Yakunda shaxsiy tarkib oʻzlarini qiziqtirgan savollari va masalalari yuzasidan boshqarma rahbariyatidan batafsil javob va maʼlumotlar oldilar.