“Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi bayrami munosabati bilan, Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining bilim saviyasi, dunyoqarashi va intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatlarini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Tadbirdagi barcha jamoa vakillari mazkur musobaqadan oʻzlari uchun ulkan tajriba toʻplashdi. Sogʻlom raqobat va doʻstona ruhda, bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtkazilgan musobaqada, jami toʻrt guruhning jamoalari ishtirok etib, berilgan savollarga toʻgʻri, aniq va tezkorlik bilan javob bergan “Yangi Oʻzbekiston” jamoasi gʻolib deb topildi.