IDORAVIY QOROVULLIK BOʻLINMALARI ISHCHI-XIZMATCHILARINING XIZMAT FAOLIYATIGA DOIR BILIMLARINI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA NAVBATDAGI OʻQUV SEMINAR BOʻLIB OʻTDI
Kuni kecha Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Paxtakor tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi xizmatchilarining xizmat faoliyatini tartibga solish hamda ularning malaka-koʻnikmalarini oshirish, xizmat oʻtashdagi majburiyatlari, vakolatlarini chuqur anglatish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida tinglovchilarga taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash, hamkorlik qilish hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilari lavozimlariga nomzodlarga qoʻyiladigan talablarning tartibi yetkazildi. Qoʻriqlanayotgan obyektlarda sodir etilishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi va shartlariga doir qoʻshimcha maʼlumotlar yetkazilib, mazkur vaziyatlarda ichki ishlar organlari va qoʻriqlash boʻlimlari bilan hamkorlik qilish tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlari uchun zarur boʻlgan qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.