Yangiliklar

1 Aprel 2023

XODIMLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH USTUVOR MASALADIR

Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari insonning munosib hayot kechirishini va erkin rivojlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirishda, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini va tirikchilik uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng kam miqdorini belgilashda ishtirok etadigan muhim tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Kuni kecha Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasida birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari, “Qo‘riqlash servis” DUK filiallari boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkiloti vakillari qatnashib o‘tgan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti hamda kelgusida amalga oshirish reja qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

"Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi va uning bo‘linmalaridagi xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda maqsadida amalga oshirilgan amaliy ishlar ham muhokamalar markazida bo‘ldi.