Yangiliklar

15 Avgust 2024

"Haydovchi – unutma, uyda seni oilang kutmoqda" mavzusida amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida avtomaktab xodimlari ishtirokida "Haydovchi – unutma, uyda seni oilang kutmoqda" mavzusida amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Tadbir avvalida kun mavzusi yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan kerakli maʼlumotlar yetkazilib, yoʻriqnomaga asosan yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar boʻyicha tushunchalar berildi.
Mashgʻulotlar ochiq muloqot hamda savol-javob tarzida davom etdi. Unda xodimlar yoʻl belgilariga oid qiziqtirgan savollariga batafsil javob olib, oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar kun davomida oʻzlashtirgan bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi va yaxshi natijalarni qayd etishdi.
Bundan tashqari, avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda shaxsiy tarkib bilan targʻibot tadbirlari olib borildi.
Oʻtkazilgan tadbirda transport vositasini boshqarishda roʻy berayotgan salbiy holatlar va ayanchli kechgan videolavha ham namoyish etildi.
Shu bilan birgalikda xodimlarning faqat oʻzlarini avtotransport boshqarishda xavfsizligi emas balki ota-ona, farzandlari hamda yaqinlarini xavfsizligini taʼminlashda masʼul ekanligi haqida ularga tushuntirishlar berildi.