PROFILAKTIK TADBIRLAR ORQALI XODIMLARNING AMALIY KO‘NIKMALARI OSHIRILMOQDA
Yoz mavsumida havoning keskin isib ketishi aholimiz o‘rtasida anhor va hovuzlarda cho‘miluvchilar sonini ko‘payishiga olib keladi. Tabiiyki cho‘miluvchilar orasida turli ko‘ngilsizliklarning uchrab turishi ehtimoldan holi emas. Shu va shu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida kuni kecha FVV mas’ul xodimlari ishtirokida Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlar uchun xizmatdan bo‘sh vaqtlarida turli xil oqova suvlarda, anhor va hovuzlarda cho‘milmasliklari, faqatgina belgilangan joylarda cho‘milishlari mumkin ekanligi tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, qo‘riqlovda bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, fuqarolar va obyekt xavfsizligi bilan bog‘liq shunday holatlarga duch kelishsa harakatlanish tartibi, shu bilan birga tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talablari atroflicha tushuntirildi. Mazkur tadbir orqali xodimlar mutaxassislarga savollar bilan yuzlanib, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.