Yangiliklar

13 Avgust 2025

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari orasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh xizmat olib borishlarini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida maʼruzachi tomonidan hozirgi kundagi global muammolardan biriga aylangan diniy ekstremizm, terrorizm kabi buzgʻunchi gʻoyalarning zararli illatlari, ular tomonidan oʻz gʻoyalarini amalga oshirish borasida foydalanib kelayotgan usul va vositalar, bu kabi zararli illatlardan ogoh boʻlish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga yuklatiladigan masʼuliyatli va sharafli vazifalar borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazildi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarning qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.