Yangiliklar

20 Sentyabr 2025

Kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin boʻlgan turli koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbir oʻtkazildi

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari hamda ularning oila aʼzolari hayoti va salomatligini asrash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish, is gazidan zaharlanish, yongʻin xavfsizligi choralariga qatʼiy rioya qilish va kuz-qish mavsumida yuz berishi mumkin boʻlgan turli koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish jarayonida alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, isitish va elektr jihozlaridan oqilona foydalanish, turli nosoz va qoʻlbola uskunalardan foydalanmaslik, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yongʻinlar yuz berganda toʻgʻri harakatlanish tartib-qoidalari borasida zaruriy maʼlumotlar yetkazildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar paytida harakatlanish tartibi, yuzaga kelgan talofatlarni bartaraf etish, zaruriy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish usullari amaliy tarzda koʻrsatib berildi.