Yangiliklar

19 Avgust 2025

"Yoʻl qoidalariga rioya qilish — xavfsizlik kafolati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar va xodimlar oʻrtasida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish maqsadida profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari hamkorligida "Yoʻl qoidalariga rioya qilish — xavfsizlik kafolati" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzish oqibatida sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, xizmat vaqtida va shaxsiy faoliyat jarayonida qoidalarga qatʼiy amal qilish zarurligi taʼkidlandi.

Tadbir soʻngida ishtirokchilar bunday profilaktik tadbirlar kelgusida ham muntazam tashkil etilishi kerakligini taʼkidlab, ularning xizmat vazifalarini bajarishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etishdi.