Qo‘riqlash xizmatining afzalliklari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamiz boʻylab Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va kriminogen vaziyati barqarorlashtirish maqsadida manzilli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, "qizil" va "sariq" toifalardagi bir qator mahallalarda Qoʻriqlash xizmatining ahamiyati yuzasidan aholiga tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirlar davomida fuqarolarga xonadon va mulkni himoya qilishda zamonaviy qoʻriqlash tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari, qoʻriqlash xizmatiga ulanish tartibi hamda xizmatning samaradorligi, qoʻriqlash xodimlari aholiga kecha-kunduz uzluksiz xizmat koʻrsatilishi, tezkor guruhlarning chaqiruvlarga zudlik bilan yetib borishi, arzon va qulay tariflardan foydalanish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berdi.
Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday targʻibot-tashviqot ishlari aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, shuningdek, jamoat tartibini mustahkamlashda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida qoʻriqlash xizmatlari, xususan, uy-joylarni signalizatsiya vositalari bilan jihozlash orqali xatarlarning oldini olish imkoniyatlari, shuningdek, “Xavfsiz hudud” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham atroflicha maʼlumotlar berildi.