Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Qoʻriqlash xizmatining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish – xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi, aholiga zamonaviy qoʻriqlov signalizatsiya vositalarini oʻrnatishning afzalliklari, tadbirkorlar va fuqarolar uchun qulayliklari toʻgʻrisidagi navbatdagi profilaktik targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilgan tadbirlar davomida mutasaddilar tomonidan hududlarni jinoyatdan holi qilish va har bir koʻcha, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini zamonaviy kuzatuv kameralari, qoʻriqlov vositalari bilan jihozlash muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan savdo obyektlarini Qoʻriqlash xizmatiga topshirish uchun shartnomalar tuzilib, ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻriqlashga olindi.
Bu kabi targʻibot tadbirlari respublikamiz boʻylab davom ettirilmoqda.