Yangiliklar

1 Mart 2024

Huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi bilim va koʻnikmalar egallandi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi. “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida olib borilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari ishtirok hamda "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Unda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar, korrupsion holatlarni oldini olish va Milliy gvardiyaga berilayotgan yangi vakolatlarning mazmun-mohiyati haqida maʼruza qilishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan harbiy xizmatchilar va xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar xususida ham toʻxtalib, ana shunday qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻygan harbiy xizmatchi va xodimlarga tayinlangan jazolar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Tadbir davomida bu kabi holatlarni oldini olish hamda xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirishda zarur boʻlgan keragali tavsiyalar berib oʻtildi.