Milliy gvardiya saflariga xizmatga kirish istagini bildirgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda
Bugungi kunda Milliy gvardiya saflariga xizmatga kirmoqchi boʻlgan yoshlarimiz tabiiyki juda koʻp. Ularga xizmatga kirish tartibi hamda oʻtkaziladigan tanlovlar esa juda qiziq. Ayni shu maqsadida Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalarida xizmatga kirish istagini bildirgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlarda masʼullar tomonidan xizmatga kirish toʻgʻrisida qonunchilikda oʻrnatilgan tartiblar haqida tushunchalar, Milliy gvardiyaning vazifalari va vakolatlari tushuntirilib oʻtildi.
Shaxsiy xavfsizlik boʻlimlari tomonidan nomzodlarning ota-onalariga tanlovlar davomida istalgan turdagi pul mablagʻlari yoki pora soʻralsa, zudlik bilan masʼul xodimlarga xabar berishlari toʻgʻrisida ogohlantirildi. Shuningdek uchrashuvlarda tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning oila aʼzolariga, tanlovlarning shaffofligi tushuntirilib, ochiqlik va oshkoralik asosida oʻtkazilganligi va bu jarayonga shaxsan ota-onalar guvoh boʻlganligi aytib oʻtildi.
Uchrashuvlarda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.