ATROF-MUHIT MUHOFAZASINI TAʼMINLASH BORASIDA ProfilAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA
Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi rahbarlari ishtirokida, Milliy gvardiya javobgarlik hududidagi Urganch dehqon bozori, viloyat markazidagi istirohat bogʻlaridagi savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish shahobchalarida belgilanmagan joylarga maishiy chiqindilarni tashlash, chiqindilarni toʻplash va tashish chogʻida atrof-muhitga zarar yetkazish kabi qoidalarni buzishga oid huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlarga sanitariya va gigiyena talablariga rioya etishlari muhimligi, bu orqali esa hududda ekologik muhitning yaxshilanishiga hissa qoʻshishlari tushuntirildi. Shuningdek, oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya etmagan fuqarolar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.